Mundarija
Spermogramma jarayoni qanday o`tkaziladi?
Spermogramma qaysi holatlarda topshirilmaydi?
Spermogramma natijalari
Spermogrammadan yana qanday kasalliklarni aniqlasa bo`ladi ?
Spermogramma nima uchun zarur?
- Bepushtlikni aniqlash: erkaklarda bepushtlik sabablarini aniqlash uchun.
- Jinsiy sog'liq: reproduktiv tizimdagi muammolarni aniqlash va baholash.
- Davolash natijalarini kuzatish: turli dorilar yoki jarrohlik amaliyotlarining ta'sirini kuzatish uchun.
Spermogramma jarayoni qanday o`tkaziladi?
- Eyakulyatsiyadan tiyilish: tahlildan oldin kamida 2-5 kun davomida jinsiy aloqadan tiyilish tavsiya etiladi.
- Alkogol va dorilardan tiyilish: tahlil natijalariga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan alkogol va ba'zi dorilarni iste'mol qilishdan saqlanish.
2. Sperma namunasi yig'ish
- Steril idish: sperma maxsus steril idishda yig'iladi.
- Klinikada yig'ish: ko'pincha klinikada maxsus xonada amalga oshiriladi, lekin ba'zi hollarda uy sharoitida ham bajarilishi mumkin.
3. Laborator tahlil
- Hajm: sperma hajmi o'lchanadi.
- Spermatozoidlar soni: bir millilitrda nechta spermatozoid borligi aniqlanadi.
- Harakatchanlik: spermatozoidlarning harakatchanligi baholanadi.
- Morfologiya: spermatozoidlarning shakli va tuzilishi tekshiriladi.
- pH darajasi: spermaning pH darajasi aniqlanadi.
- Rang: sperma rangi tekshiriladi.
Spermogramma qaysi holatlarda topshirilmaydi?
- so'nggi bir hafta ichida yuqori istima kuzatilgan bo`lsa , kasallik tufayli o'zingizni yomon his qilsangiz
- tahlildan 7-10 kun oldin uzoq parvozda bo'lsangiz
- so'nggi ikki hafta ichida siydik yo'llari, urug`don kasalliklari, prostata bezidagi yallig'lanish jarayonlarini davolagan bo`lsangiuz
- spermogrammadan 2-3 kun oldin prostata massaj mashg'ulotlarini bajargan bo`lsangiz
Spermogramma Natijalari
- Sperma hajmi: normal hajm 1,5-5 millilitr oralig'ida bo'ladi.
- Spermatozoidlar soni: bir millilitrda 15 milliondan ortiq spermatozoid normal hisoblanadi.
- Harakatchanlik: spermatozoidlarning kamida 40% harakatchan bo'lishi kerak.
- Morfologiya: normal shakldagi spermatozoidlar miqdori muhimdir, kamida 4% normal shakldagi spermatozoidlar bo'lishi kerak.
- pH Darajasi: spermaning pH darajasi 7.2 dan 8.0 gacha bo'lishi kerak.
- Rang: sperma oq yoki kulrang rangda bo'lishi normal hisoblanadi.
Spermogrammadan yana qanday kasalliklarni aniqlasa bo`ladi ?
- gormonal kasalliklar;
- genetik kasalliklar;
- siydik-ayrish tizim organlarining yallig'lanishi;
- urug` yo`llarining o'tkazuvchanligining buzilishi;
- yuqumli kasalliklar;
- radiatsiya ta'sirining oqibatlari;
- yaqinda o'tkazilgan rentgen tekshiruvi;
- spirtli ichimliklar, og'ir metallar bilan toksik zaharlanish.
Agarda sizda ham spermogramma tahlillari past chiqqan bo`lsa,tuzilishi buzilgan bo`lsa,harakatchanligini ko`tarmoqchi bo`lsangiz 100 foiz halol va organik ko`rinishda ko`tarmoqchi bo`lsangiz Well Man Box to`plamini iste`mol qiling.
Ushbu to'plam:
- Jinsiy a'zolarda qon aylanishni yaxshilab jinsiy a'zo tarangligini yaxshilaydi
- Jinsiy xohishni kuchaytiradi
- Aloqa vaqtini uzaytiradi
- Jinsiy yalig'lanishlarga qarshi kurashadi
- Erkak uchun eng kerakli vitaminlar: E va rux bilan organizmni boyitadi
- Imunitetni oshiradi
Bizga murojaat qiling va mutahasislarimizdan bepul konsultatsiya oling!