Varikotsele – urug‘ tizimchasidagi venalarning kengayishi bo‘lib, bunda urug‘donlarda vena oqimi buzilishi yuzaga chiqadi. Qonning harakati susayib, urug`don qizib ketadi. Bu kasallik bepushtlikka olib kelishi mumkin.
Mundarija:
Kasallik darajalari Sabablari Kasallik belgilari Xavfli jihatlari Kasallikning oldini olish uchun profilaktika usullari
Kasallik darajalari
Urug` tizimchasi tomirlari kengayishining to'rt bosqichi mavjud:
Birinchi. Palpatsiyada kasallik belgilari aniqlanmaydi, faqat dopplerografiya yoki UTT o’tkazilganda aniqlanadi.
Ikkinchi. Tik turgan holatda tomirlar kengayishi aniqlanadi.
Uchinchi. Yotgan va tik holatda palpatsiya paytida kengaygan tomirlar aniqlanadi.
To'rtinchi. Kengaygan tomirlarni qurollanmagan ko`z bilan ham ko`rish mumkin.
Sabablari
Varikotsele to`liq mustaqil kasallik hisoblanmaydi. Bu rivojlanishdagi patologiyalar, buyrak tomirlari va pastki kovak vena kasalliklarining alomati hisoblanadi.
Qon teskari yo'nalishda harakat qila boshlaganda, "reflyuks" yuzaga keladi. Kasallik quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi:
Birlamchi. Quyidagi sabablarga ko'ra paydo bo'ladi:
- tug'ilhan paytdan boshlab moyak venasida klapan bo`lmasligi;
- tomirlar devorining zaiflashuvi.
Ikkilamchi. Bu yuqori bosim tufayli yuzaga keladigan klapan yetishmovchiligidir. Natijada, qon teskari yo'nalishda oqib chiqa boshlaydi, hamdaa kovak vena va buyrak venalari aralashadi.
Yuqori qon bosimining sabablari:
- Buyrak venasi aorta orqasida joylashgan;
- buyraklar venalar o`rtasidagi spazmlar;
- halqa shaklida buyrak venasi;
- arteriovenoz oqma.
Kasallik belgilari
Kasallik belgilarining namoyon bo`lishi kasallik bosqichiga bog'liq. Birinchi va ikkinchisi bosqichlarda hech qanday alomatlar kuzatilmaydi. Ushbu bosqichlarda varikotsele faqat ultratovush tekshiruvida aniqlanadi
III bosqich belgilari:
yorg`oqda yoqimsiz va og'riqli hislar;
yugurish va yurish noqulayligi (harakat paytida chovdagi og'riq nevralgiyaga o'xshaydi);
kuchli terlash;
yorg`oqda achishish hissi;
sezuvchanlikning kamayishi, jinsiy xohishning susayishi.
Tekshiruv vaqtida urolog tomirlarning kengayishini qayd etadi. Yorg`oqda assimetriya kuzatiladi, chunki kasallangan moyak pastga osilib qoladi.
To'rtinchi bosqich kuchli, doimiy og'riq bilan tavsiflanadi. Kechasi u kuchayadi. Yorg`oqda kuchli assimetriya kuzatiladi.
Xavfli jihatlari
Kasallik vaqtida davolanmasa, bepushtlikka olib keladi. Boshqa xavfli jihatlari:
yorg`oqda og'riq;
antisperma antitanalarini ishlab chiqarilishi;
moyak haroratining oshishi;
gidrokortizon miqdorining ko'payishi;
gipofiz gormonlari ishlab chiqarilishining buzilishi.
Kasallikning oldini olish uchun profilaktika usullari
Kasallikka moyillik mavjud bo'lsa, profilaktika natija bermaydi. Kasallikning rivojlanish xavfini minimal darajaga tushirish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish lozim:
yorg`oqni ushlab turadigan, siqmaydigan qulay ichki kiyimdan foydalanish;
og'ir yuklar va narsalar ko`tarib yurmaslik;
vaqtida davolash;
doimiy ravishda jinsiy aloqada bo'lish;
o'rtacha intensivlikdagi jismoniy faoliyat bilan shug'ullanish;
ko'p piyoda yurish.
Agarda sizda ham ushbu kasallik uchramasligini xohlasangiz erkaklar uchun foydali hisoblangan va 10 000 lab mijozlarga natija ko`rsatayotgan Well Man Boxini tavsiya qilamiz
Well Man Box - 2 ta takrorlanmas mahsulotlardan iborat: Igneus va Numa Black Honey dan iborat to'plam hisoblanadi
Ushbu to'plam:
Jinsiy a'zolarda qon aylanishni yaxshilab jinsiy a'zo tarangligini yaxshilaydi
Jinsiy xohishni kuchaytiradi
Aloqa vaqtini uzaytiradi
Jinsiy yalig'lanishlarga qarshi kurashadi
Erkak uchun eng kerakli vitaminlar: E va rux bilan organizmni boyitadi
Imunitetni oshiradi
Bizga murojaat qiling va mutahasislarimizdan bepul konsultatsiya oling!