Curl: Curl -H "X-Prerender-Token: " https://service.prerender.io/https://numa.uz
Numa blog

Varikotsele-bepushtlikning katta sababchisi

Varikotsele-bepushtlikning katta sababchisi

Varikotsele – urug‘ tizimchasidagi venalarning kengayishi bo‘lib, bunda urug‘donlarda vena oqimi buzilishi yuzaga chiqadi. Qonning harakati susayib, urug`don qizib ketadi. Bu kasallik bepushtlikka olib kelishi mumkin.

Mundarija:

Kasallik darajalari
Sabablari
Kasallik belgilari
Xavfli jihatlari
Kasallikning oldini olish uchun profilaktika usullari


Kasallik darajalari

Urug` tizimchasi tomirlari kengayishining to'rt bosqichi mavjud:
  • Birinchi. Palpatsiyada kasallik belgilari aniqlanmaydi, faqat dopplerografiya yoki UTT o’tkazilganda aniqlanadi.
  • Ikkinchi. Tik turgan holatda tomirlar kengayishi aniqlanadi.
  • Uchinchi. Yotgan va tik holatda palpatsiya paytida kengaygan tomirlar aniqlanadi.
  • To'rtinchi. Kengaygan tomirlarni qurollanmagan ko`z bilan ham ko`rish mumkin.

Sabablari

Varikotsele to`liq mustaqil kasallik hisoblanmaydi. Bu rivojlanishdagi patologiyalar, buyrak tomirlari va pastki kovak vena kasalliklarining alomati hisoblanadi.
Qon teskari yo'nalishda harakat qila boshlaganda, "reflyuks" yuzaga keladi. Kasallik quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi:
Birlamchi. Quyidagi sabablarga ko'ra paydo bo'ladi:
- tug'ilhan paytdan boshlab moyak venasida klapan bo`lmasligi;

- tomirlar devorining zaiflashuvi.
Ikkilamchi. Bu yuqori bosim tufayli yuzaga keladigan klapan yetishmovchiligidir. Natijada, qon teskari yo'nalishda oqib chiqa boshlaydi, hamdaa kovak vena va buyrak venalari aralashadi.
Yuqori qon bosimining sabablari:
- Buyrak venasi aorta orqasida joylashgan;

- buyraklar venalar o`rtasidagi spazmlar;

- halqa shaklida buyrak venasi;

- arteriovenoz oqma.

Kasallik belgilari

Kasallik belgilarining namoyon bo`lishi kasallik bosqichiga bog'liq. Birinchi va ikkinchisi bosqichlarda hech qanday alomatlar kuzatilmaydi. Ushbu bosqichlarda varikotsele faqat ultratovush tekshiruvida aniqlanadi
III bosqich belgilari:
  • yorg`oqda yoqimsiz va og'riqli hislar;
  • yugurish va yurish noqulayligi (harakat paytida chovdagi og'riq nevralgiyaga o'xshaydi);
  • kuchli terlash;
  • yorg`oqda achishish hissi;
  • sezuvchanlikning kamayishi, jinsiy xohishning susayishi.
Tekshiruv vaqtida urolog tomirlarning kengayishini qayd etadi. Yorg`oqda assimetriya kuzatiladi, chunki kasallangan moyak pastga osilib qoladi.
To'rtinchi bosqich kuchli, doimiy og'riq bilan tavsiflanadi. Kechasi u kuchayadi. Yorg`oqda kuchli assimetriya kuzatiladi.

Xavfli jihatlari

Kasallik vaqtida davolanmasa, bepushtlikka olib keladi. Boshqa xavfli jihatlari:
  • yorg`oqda og'riq;
  • antisperma antitanalarini ishlab chiqarilishi;
  • moyak haroratining oshishi;
  • gidrokortizon miqdorining ko'payishi;
  • gipofiz gormonlari ishlab chiqarilishining buzilishi.

Kasallikning oldini olish uchun profilaktika usullari

Kasallikka moyillik mavjud bo'lsa, profilaktika natija bermaydi. Kasallikning rivojlanish xavfini minimal darajaga tushirish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish lozim:
  • yorg`oqni ushlab turadigan, siqmaydigan qulay ichki kiyimdan foydalanish;
  • og'ir yuklar va narsalar ko`tarib yurmaslik;
  • vaqtida davolash;
  • doimiy ravishda jinsiy aloqada bo'lish;
  • o'rtacha intensivlikdagi jismoniy faoliyat bilan shug'ullanish;
  • ko'p piyoda yurish.

Agarda sizda ham ushbu kasallik uchramasligini xohlasangiz erkaklar uchun foydali hisoblangan va 10 000 lab mijozlarga natija ko`rsatayotgan Well Man Boxini tavsiya qilamiz

Well Man Box - 2 ta takrorlanmas mahsulotlardan iborat: Igneus va Numa Black Honey dan iborat to'plam hisoblanadi
Ushbu to'plam:

  • Jinsiy a'zolarda qon aylanishni yaxshilab jinsiy a'zo tarangligini yaxshilaydi
  • Jinsiy xohishni kuchaytiradi
  • Aloqa vaqtini uzaytiradi
  • Jinsiy yalig'lanishlarga qarshi kurashadi
  • Erkak uchun eng kerakli vitaminlar: E va rux bilan organizmni boyitadi
  • Imunitetni oshiradi

Bizga murojaat qiling va mutahasislarimizdan bepul konsultatsiya oling!

👉 Murojaat qoldirish

☎️ +998 55 516-77-77